Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani yo‘q – jurnalist
Sport
−
10:39 534 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi hozircha xalqaro faoliyatini yakunlash niyatida emas. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida 100 mingdan ortiq obunachiga ega jurnalist Fran Kasaretto ma’lum qildi.
Jurnalistning argentinalik futbolchiga yaqin manbalardan olgan ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli Messi Argentina milliy terma jamoasi safida o‘ynashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
“Lionel Messiga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, u xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlash niyatida emas. Messi 2028 yilgi Amerika Kubogidan so‘ng, Argentina terma jamoasidan ketishi kutilmoqda”, deb yozdi Kasaretto ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi Jahon chempionatida Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi finalda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi. Shundan so‘ng, OAVlarda Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Live
Barchasi