Messi tarixdagi eng sovrindor futbolchiga aylandi
Sport
−
15 iyul 2024
10390Bugun, 15 iyul kuni Argentina terma jamoasi finalda Kolumbiya terma jamoasini mag‘lub etdi va Amerika kubogida g‘olib bo‘ldi Shu tariqa, terma jamoa sardori Lionel Messi tarixda eng ko‘p sovringa ega chiqqan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Amerika kubogidagi g‘alaba orqali 37 yoshli hujumchi faoliyatidagi 45-sovringa ega chiqdi. Bu borada Leo braziliyalik himoyachi Dani Alvesni ortda qoldirdi. Alves hisobida 44 ta jamoaviy sovrin mavjud. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 3-o‘rinni butun faoliyati davomida “Al-Ahli”da o‘ynagan misrlik yarim himoyachi Xosam Ashhur egalladi – 39 ta sovrin.
Amerika kubogida Messi 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning iyulidan beri Messi “Inter Mayami”da o‘ynab kelmoqda va u Amerika klubiga Fransiyaning PSJ klubidan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi. “Transfermarkt” 37 yoshli futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi