Messi tarixdagi eng zo‘r futbolchi – Xavi 

Sport

image

Ispaniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi “ko‘k anorranglilar”ning sobiq futbolchisi Lionel Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi yakunlanmaguncha, ortga qaytishi mumkin emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Xavining so‘zlariga tayanib, jurnalist Yelena Kondis xabar berdi.

“Messining qaytishi mumkin emas. Sababi uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi bor. Leo futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi, ammo hozir uning "Barsa"ga qaytishi haqida gapirishdan ma’no yo‘q. Keling, kelajakda nima bo‘lishini kutamiz. Joan Laporta allaqachon Messining "Barsa"dagi tarixi hali tugamaganiga umid qilishini aytgan”, degan "Barselona" bosh murabbiyi.

Qayd etish joizki, 42 yoshli mutaxassis "Barsa" prezidenti Laportadan Leoning PSJ bilan shartnomasi tugagach, Messini Kataloniyaga qaytarishni so‘ragani ma’lum bo‘lgan. Qolaversa, Xavining o‘zi Lionel Messi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Ammo Messining PSJ bilan kelishuvi yana bir mavsum amal qiladi. Agarda 35 yoshli futbolchi Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirmasa, "Barsa"ga qaytish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Lekin joriy transfer oynasida katta ehtimol Messi yo‘nalishni Kataloniya tomon o‘zgartirmaydi.

Ma’lumot uchun, Xavi "Barselona"ni 2021 yilning 6 noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning boshchiligidagi “ko‘k anorranglilar” Ispaniya chempionatining ortda qolgan mavsumida ikkinchi pog‘onani band etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Xavi "Barselona" Joan Laporta

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing