Messi sabab PSJning ijtimoiy tarmoqlarida obunachilar soni ortmoqda

Sport

image

Argentinalik futbolchi Lionel Messi PSJ klubi bilan shartnoma imzolanganidan buyon parijliklarning Instagram sahifasiga 5 milliondan ortiq kuzatuvchi obuna bo‘lgan. Avgust oyida foydalanuvchilarning umumiy o‘sishi 5,8 million kishini tashkil etdi.

Hozirga kelib, jamoa obunachilarining soni 45 million nafarga yaqinlashdi. 

Eslatib o‘tamiz, PSJ joriy yilning 10 avgust kuni 34 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Messi parijliklar bilan yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ikki yillik shartnoma imzoladi. Leo klub safida 30-raqamda o‘ynaydi.

“Le Parisien” xabariga ko‘ra, Lionel Messi Fransiya chempionati tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. U turli bonuslar bilan birgalikda yangi jamoada yiliga 50 million yevro ishlab topadi. Bunga qadar braziliyalik Neymar 37 million yevro maosh bilan birinchi o‘rinda edi


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Lionel' Messi Neymar Instagram

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing