Messi Ronalduning taklifini qabul qildi

Sport

image

 "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq yillik raqobatdoshi Lionel Messi bilan tushlik qilishni xohlayotganini aytgan edi.

Argentinalik futbolchi esa Ronaldu bilan yaqin do‘st emasligiga qaramay, uning taklifini qabul qildi.

"Uning taklifini qabul qildimmi? Ha. Men har doim u bilan muammolarim bo‘lmaganini aytganman. Biz hech qachon do‘st bo‘lmasligimiz mumkin, chunki bitta kiyim almashtirish xonasida bo‘lmaganmiz, ammo men uni doim taqdirlash marosimida ko‘raman va boshqa muammo yo‘q.

Aytgancha, biz oxirgi taqdirlash marosimida bir-birimiz bilan uzoq vaqt suhbat qurdik. Birga tushlik qilamizmi yoki yo‘q, bilmayman. Har birimizning o‘zimizning hayotimiz va majburiyatlarimiz bor. Ammo, uning taklifini qabul qildim", dedi Lionel Messi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu

Baholaganlar

347

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing