Messi PSJning eng yaxshi futbolchilari o‘nligiga kiritilmadi

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe PSJ klubida XXI asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda shved hujumchisi Zlatan Ibragimovich qayd etilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni braziliyalik Neymar egalladi.

E’tiborlisi, Parij klubida 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 35 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan 37 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi Fransiya klubining eng yaxshi futbolchilari o‘nligiga kiritilmadi.

PSJning XXI asrdagi eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:

  • Kilian Mbappe (Fransiya)
  • Zlatan Ibrahimovich (Shvetsiya)
  • Neymar (Braziliya)
  • Edinson Kavani (Urugvay)
  • Tiago Silva (Braziliya)
  • Markinos (Braziliya)
  • Pedro Pauleta (Portugaliya)
  • Marko Verratti (Italiya)
  • Anxel Di Mariya (Argentina)
  • Blez Matyuidi (Fransiya)

Qayd etish joiz, Lionel Messi 2021 yildan 2023 yilgacha Fransiya klubida to‘p tepgan. U mazkur reytingda 23-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing