Messi PSJning chempionlik o‘yinida maydonga tushmasligi mumkin
Sport
−
19 aprel 2022
5048PSJ hujumchisi Lionel Messi jarohati sabab Fransiyaning chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Anje”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
20 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Anje” bilan o‘yinda PSJ chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin. Ammo uchrashuvga bir kun qolganida Messi jarohatini davolashda davom etmoqda. Keyingi 48 soat ichida argentinalik yana bir ko‘rikdan o‘tadi va uning natijalariga ko‘ra Lionelning ehtimoliy chempionlik o‘yinida ishtirok etish-etmasligi aniqlanadi.
“Anje” – “Pari Sen-Jermen” uchrashuvi 20 aprel kuni Anje shahridagi (Fransiya) “Raymond Kopa” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”dan PSJga o‘tgan edi. 34 yoshli argentinalik hujumchi joriy mavsum Fransiya chempionatda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi