Messi PSJ bilan yangi shartnoma imzolashni paysalga solmoqda

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. Bu haqda “Culture” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi joriy mavsum yakunida PSJda qolishi kerakligiga shubha qilmoqda. Shu munosabat bilan hujumchi PSJ rahbariyati bilan yaqinda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvni keyinga qoldirdi.

Qayd etilishicha, hozir Messi uzoq muddatli faoliyat haqida o‘ylamoqda. PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan oldin u faoliyatining so‘nggi yillarini qanday o‘tkazmoqchiligi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishi kerak.

35 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 23 o‘yinda 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

PSJ 51 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing