Messi PSJ bilan shartnoma evaziga qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” klubining sobiq futbolchisi Lionel Messi jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligi haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, Messi faoliyatini Fransiyaning  PSJ  klubida davom ettiradi.

Parijliklar  Messini safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. PSJ 2023 yil-iyuniga qadar rasmiy shartnoma tayyorlamoqda va yaqin soatlarda Leo va uning otasi Xorxe Messiga topshiriladi. Bu haqda “Telefoot” nashri xabar berdi.

“Ispaniyaning “Barselona” jamoasi sobiq hujumchisi Lionel Messi PSJda 19-raqamda harakat qiladi”, deyiladi xabarda. 

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Messi parijliklar safida turli bonuslar bilan birga 50 million yevro yillik maoshga ega bo‘ladi.

Avvalroq, “Barselona” futbolchining shartnomasi uzaytirilmasligini ma’lum qilgandi. Futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etdi.

34 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda ispan klubi safida 47 o‘yinda maydonga tushib, 38 gol va 14 golli uzatma muallifi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi PSJ Transfer Xorxe Messi Maosh

Baholaganlar

911

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing