Messi Pelening rekordini yangilagan butsalarini Kataloniya muzeyiga topshirdi

Sport

image

“Barselona” futbol klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi braziliyalik Pelening bir klubga gol urish bo‘yicha rekordini yangilagan butsalarini Kataloniya milliy san’at muzeyiga sovg‘a qildi. Bu haqda muassasa Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Butsalar bir oy davomida muzey zallaridan birida namoyish etiladi va keyin xayriya auksioniga qo‘yiladi. Daromad saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun sarflanadi.

“Tarixiy marraga erishish menga katta quvonch bag‘ishlaydi, ammo eng muhimi, sog‘ligi yomon bo‘lgan bolalarga biron bir narsani qaytarib berish imkoniyatidir”, deydi Messi.

Messi o‘tgan yilning 23 dekabr kuni Ispaniya chempionatida “Valyadolid” darvozasini ishg‘ol qildi va Pelening 643 gol bilan o‘rnatgan rekordidan o‘zib ketdi. Ayni paytda 33 yoshli argentinalik futbolchining hisobida Kataloniya klubi tarkibida 758 o‘yinda 651 ta gol mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing