Messi otasi bilan vaqt o‘tkazish uchun Rosarioga yo‘l oldi
Sport
−
22 iyul 5310 2 daqiqa
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionatidan so‘ng davolanayotgan otasi bilan vaqt o‘tkazish uchun Rosarioga yo‘l oldi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Messi Jahon chempionatidan keyin Argentinaga qaytgan. Biroq u milliy terma jamoadan alohida ravishda uyiga jo‘nab ketgan. Terma jamoaning asosiy qismi esa Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda mag‘lub bo‘lganidan keyin Nyu-Yorkdan Buenos-Ayresga qaytgan.
Jahon chempionati davomida Lionel Messining otasi Xorxe Messining sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum bo‘ldi. La Opinion nashrining yozishicha, futbolchining Argentinaning Jazoirga qarshi musobaqadagi ilk uchrashuvida (3:0) birinchi golni urgach ko‘z yosh to‘kkani aynan otasining kasalligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Messining oilasi kasallik tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq Xorxe Messi hozirda davolanayotganini tasdiqlagan.
39 yoshli Lionel Messi 2023 yildan buyon AQSHning MLS chempionatida ishtirok etuvchi “Inter Mayami” klubi safida to‘p surib kelmoqda.
Yevropada u “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini ham himoya qilgan. “Barselona” safida to‘rt marta Chempionlar ligasi, uch marta UEFA Superkubogi va uch marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Argentinaning Jazoirga qarshi uchrashuvidan so‘ng argentinalik teleboshlovchi Lionel Messining otasi vafot etgani haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan edi. Keyinchalik bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust