Messi ortidan yana to‘rt futbolchi Argentina terma jamoasini tark etishi mumkin

Sport

image

Argentinaning “oltin avlodi” Messining ketishidan so‘ng milliy terma jamoa bilan ommaviy ravishda xayrlashishi mumkin. Bu haqda “Footynewsonly” nashrining xabar berdi.

Argentina terma jamoasi safidagi bir qator tajribali futbolchilar jamoa sardori Lionel Messining xalqaro futboldan ketishi ortidan terma jamoa bilan xayrlashmoqchi.

Xususan, Leandro Paredes terma jamoada o‘ynashni davom ettirish tobora qiyinlashib borayotganini tan olgan. Shuningdek, Rodrigo de Pol, Emiliano Martines va Nikolas Talyafiko ham milliy jamoadagi kelajagi borasida shubhalar bildirgan.

Nikolas Otamendi esa allaqachon xalqaro faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan. Shu tariqa, Argentina futbolida butun bir davr yakunlanishi mumkin. 2021 yilgi Amerika kubogi, 2022 yilgi Jahon chempionati va 2024 yilgi Amerika kubogida g‘olib chiqqan avlod asta-sekin milliy terma jamoa bilan xayrlasha boshlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lionel Messi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini rasman e’lon qilgandi. Messining terma jamoa libosidagi so‘ngi uchrashuvi 2026 yilgi Jahon chempionati finali bo‘ldi. O‘sha finalda Argentina qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

39 yoshli sardor Argentina terma jamoasidagi 21 yillik faoliyati davomida 207 ta o‘yin o‘tkazib, 125 ta gol urdi. Messi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi g‘olib chiqqan. Shuningdek, Messi ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritdi (2021, 2024), 2022 yilda Finalissima g‘olibi bo‘ldi va 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing