Messi “Oltin to‘p” uchun kimga ovoz berishini aytdi

Sport

messi, mbappe

PSJ hujumchisi Lionel Messi “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar orasida kimga ovoz berishini aytdi.

“Albatta, mening jamoamda men ovoz beradigan futbolchilar bor: Kilian Mbappe va Neymar. Boshqa tomondan, yuqori individual fazilatlarga ega bo‘lgan futbolchilar borki, ular ajoyib mavsum o‘tkazdilar. Masalan, Karim Benzema va Robert Levandovski. Bu oson emas, chunki, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun individual darajada ko‘p narsaga erishish kerak. Shu bilan birga, uning shartlari bor. Misol uchun, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi yoki Amerika kubogida g‘alaba qozonish ham kerak”, deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, “France Football” nashri yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 30 nafar da’vogar futbolchi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi Chempionlar ligasini ham inobatga oladigan bo‘lsak, PSJ safida jami 5 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu natija futbolchi uchun so‘nggi 17 yildagi eng yomon natija sanaladi. Oxirgi marta u 2004 yilda “Barselona” safida mavsumdagi ilk 5 ta bahsda gol ura olmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Neymar Oltin to'p Mbappe Levandovski Benzema

Baholaganlar

469

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made