Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak – Devid Bekxem

Sport

image

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va AQSHning “Inter Mayami” klubi raisi Devid Bekxem jamoaning argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2025-2026 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda MLS matbuot xizmati xabar berdi.

“Men hali ham uning klubimizda o‘ynayotganiga ishona olmayman. Har kuni mashg‘ulotlarga boraman va uni kuzataman. Uning bugungi kabi natijalar qayd etayotganini, Jahon chempionatidagi o‘yinini ko‘rganingizda, uning “Oltin to‘p”ga asosiy nomzodlardan biri ekani tasodif emas”, deydi Bekxem.

Ta’kidlash joizki, yaqinda Messi “Inter Mayami” bilan Oliy futbol ligasi va Meksika chempionati g‘oliblari o‘rtasida o‘tkaziladigan Chempionlar kubogida g‘olib chiqdi. “Krus Asul”ga qarshi uchrashuvda argentinalik futbolchi “Inter Mayami” safidagi 100-golini urdi.

“U o‘sha Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri edi, o‘tgan mavsumda ham yuqori darajada o‘ynadi. U hozir 39 yoshda. Menimcha, u bu sovrinni qo‘lga kiritishi kerak. Albatta, sovrin uchun Harri Keyn, Kilian Mbappe, Jud Bellingem kabi boshqa buyuk futbolchilar ham bor. Ammo Messi haqida gap ketganda, men uni qo‘llab-quvvatlayman”,  deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida 17-marta “Oltin to‘p” uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Sovrinni topshirish marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing