Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
23 iyul
1833Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi.
MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi. “Inter Mayami”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares ham yulduzlar o‘yinida maydonga tusha olmaydi.
Messi 37 yoshda va 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. 2003 yildan 2021 yilgacha hujumchi “Barselona”da o‘ynagan. Kataloniya klubida u 10 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 7 marta Ispaniya Superkubogi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, 4 marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. “Barselona”dan keyin Messi PSJda o‘ynadi. Parijda Leo ikki karra Fransiya chempioni bo‘ldi va bir marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Argentina terma jamoasi bilan forvard 2022 yilgi Jahon chempionati va 2021 hamda 2024 yildagi Amerika kubogida g‘olib bo‘ldi.