Messi “Manchester Siti”ga o‘tish uchun qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi “Manchester Siti”ga o‘tish uchun ingliz klubidan qancha maosh so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

Buyuk Britaniyaning “The Sun” nashriga ko‘ra, Messi Angliya klubiga o‘tish uchun haftasiga 500 ming funt maosh talab qilmoqda.

Angliya grandi argentinalikning talabini qabul qilsa, 33 yoshli futbolchi yiliga 25 million funt ishlab topadi.

Agar “shaharliklar” rahbariyati ushbu shartlarga rozi bo‘lsalar, argentinalik hujumchi Premer-liga tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Lionel' Messi

Baholaganlar

849

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing