Messi ketgach, Argentina terma jamoasining yangi kapitani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Kristian Romero terma jamoaning yangi sardori bo‘ladi. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, sardorlik bog‘ichiga asosiy nomzod “Atletiko Madrid” himoyachisi Kristian Romero deb qaralmoqda. Romero Messi va Nikolas Otamendining keyingi davrida jamoaning asosiy yetakchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

28 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasida 2021 yilda debyut qilgan. U shu vaqtga qadar jamoa safida 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan.

Romero 2026 yil avgustida “Tottenxem”dan “Atletiko Madrid”ga ko‘chib o‘tdi. U “Tottenxem”da ham jamoa sardori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 avgust kuni Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini rasman e’lon qilgan edi. Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan. U har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham terma jamoa rekordchisi hisoblanadi. Hujumchi jahon chempionatlarida olti marta ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing