Messi kelgach Mbappe va Neymarning munosabati yomonlashdi

Sport

image

PSJ futbolchilari: Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi munosabatlar Lionel Messi jamoaga kelgach, keskin yomonlashdi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Mbappe Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Monpele”ga qarshi bahsda Neymarning harakatlaridan norozi bo‘lgan. Fransiyalik forvard 88-daqiqada almashtirilgan va zaxira o‘rindig‘ida yarim himoyachi Idrisse Guyega braziliyalik futbolchi haqida shikoyat qilgan.

Neymar Yulian Drakslerning goliga assistentlik qilganidan so‘ng: “u to‘pni menga oshirmayapti”, deya shikoyat qilgan Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yozida Mbappening PSJ bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Hujumchi shartnomani uzaytirmoqchi emas va katta ehtimol bilan erkin agent sifatida “Real”ga o‘tadi. Biroq “Manchester Siti” har qanday holatda ham futbolchini sotib olishga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 25 sentyabr kuni PSJ Idrisse Guye va Yulian Drakslerning gollari evaziga “Monpele” ustidan g‘alaba qozondi


Maqola muallifi

Teglar

Messi Neymar PSJ Mbappe Munosabatlar yomonlashdi

Baholaganlar

536

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing