Messi “Inter Mayami” tarixiga kirdi
Sport
−
03 avgust 2023 5356 1 daqiqa
Argentinalik futbolchi Lionel Messi yangi klubi “Inter Mayami” safida ketma-ket ikki o‘yinda dubl qayd etib, klub tarixiga kirdi.
“Inter Mayami”ning Liga kubogi 1/16 finali doirasidagi “Orlando”ga qarshi o‘yinida (3:1) futbolchi dublga erishdi. Bungacha u “Atlanta”ga qarshi o‘yinda ham ikkita gol urgandi.
Shunday qilib, Messi – “Inter Mayami” tarixida ketma-ket ikki o‘yinda bittadan ko‘p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Umumiy hisobda Messi klub safida 3 ta o‘yinda 5 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messining Florida klubidagi debyuti Amerika televideniyesida rekord o‘rnatgani xabar qilingandi. Futbolchining “Inter Mayami”dagi dastlabki o‘yinini AQSH televideniyesida 12,5 million kishi tomosha qilgan.
Live
Barchasi