Messi “Inter Mayami”ni tark etishi mumkin
Sport
−
06 noyabr 3758 2 daqiqa
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi MLS’dagi tanaffus vaqtida “Inter Mayami”ni vaqtincha tark etishi mumkin. Turkiyaning “Galatasaray” klubi 38 yoshli futbolchini to‘rt oylik ijara shartnomasi asosida o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Fotomaç” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Galatasaray” Messining maoshini to‘liq to‘lashga tayyor, shuningdek, argentinalik futbolchi uchun to‘rt oylik ijara shartnomasi taklif qilmoqchi. Bu davr ichida Messi MLS’dagi yangi mavsum boshlanguniga qadar Yevropada o‘yin amaliyotini saqlab qolishi mumkin.
Messining “Galatasaroy”ga o‘tishi ehtimoli hozircha past deb baholanmoqda, chunki 2026 yilgi Jahon chempionati (AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida) yaqinlashib kelmoqda, va futbolchi o‘zini jarohatdan himoya qilishni afzal ko‘rishi mumkin.
Messi joriy yilning oktyabr oyida “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan edi. Shunga qaramay, Messi dekabrdan fevralgacha davom etadigan MLS tanaffusi davrida boshqa jamoada o‘ynash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, “Galatasaray” jamoasi ayni paytda Turkiya Superligasida 11 o‘yinda 9 g‘alaba va 2 durang bilan peshqadamlik qilmoqda. Klub yozda Leroy Sane, Viktor Osimhen va “Manchester Siti” sobiq futbolchisi Ilkay Gyundoganni ham o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati Lionel Messini MLS mavsum tanaffusida Saudiya Pro-ligasida qisqa muddatli shartnoma asosida o‘ynash haqidagi taklifni rad etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi