Messi “Inter Mayami”da ikkinchi kubogini yutdi

Sport

image

3 oktyabr o‘tar kechasi MLSning navbatdagi mavsumi doirasida “Kolambus Kryu” va “Inter Mayami” jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida argentinalik afsonaviy hujumchi Lionel Messi dubl qayd etdi. U birinchi bo‘limning 45 va 45+5 daqiqalarida gol urdi. Tanaffusdan so‘ng “Kolambus” oradagi farqni qisqartirdi, ammo “Inter” bunga javob qaytara oldi. 48-daqiqada Luis Suares “Kolambus” darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda “Kolambus” yana gol urdi, ammo bu g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Yakunda “Inter” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Qolaversa, ushbu g‘alaba evaziga Lionel Messi Mayami jamoasi bilan o‘zining ikkinchi trofeyini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Inter” ega chiqqan qo‘llovchilar qalqoni nomli sovrin mavsum yakunida eng ko‘p ochko to‘plagan MLS jamoasiga beriladi. Bungacha Messi va Florida klubi Amerika liga kubogini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami Kolambus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made