Messi “futbol qiroli”ning rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 9 sentyabr kuni Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi Boliviya terma jamoasi bilan o‘yinda xett-trik qayd etib, terma jamoadagi gollari sonini 79 taga yetkazib oldi. Ushbu natija evaziga 34 yoshli futbolchi gollar soni bo‘yicha Janubiy Amerika mintaqasining rekordchisiga aylandi.

Bunga qadar braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele 77 gol bilan Janubiy Amerika terma jamoalari (KONMEBOL) futbolchilari o‘rtasida yetakchilik qilayotgan edi. 

Messi ushbu natijani qayd etish uchun Argentina terma jamoasida 153-uchrashuvni o‘tkazdi. U 79 ta goldan tashqari 52 ta golli uzatmani ham amalga oshirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu portugaliya terma jamoasi safida 111 ta gol urgan holda Ginnes rekordlar kitobidan joy olgandi..


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Pele FIFA

Baholaganlar

481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made