Messi film reklamasida rol o‘ynadi (video)

Sport

image

Mayamining “Inter” klubi futbolchisi Lionel Messi Gollivudning “Bad Boys 4” filmining reklama roligida suratga tushdi. Bu haqda biznesmen Frank Holid o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Videoda Messi bilan birga filmning aktyorlari Uill Smit va Martin Lourens ham suratga tushgan.

Bir necha soniya davom etadigan lavhada Messi to‘pga yaqinlashadi va uni to‘g‘ridan to‘g‘ri ularni suratga olayotgan kameraning ob’ektiviga tepadi.

Amerikaga kelganidan buyon Messi bir nechta reklama roliklarida ko‘rinish berib ulgurdi. Jumladan, u “Michelob Ultra” kompaniyasining reklamasida ham ko‘rinish bergandi.

Joriy mavsumda Messi “Inter Mayami” safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Gollivud Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made