Messi fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Lionel Messi La liga doirasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.

32 yoshli argentinalik futbolchi La ligada fevral oyida raqiblar darvozasiga 4 ta to‘p kiritgan va 6 ta golga assistentlik qilgan. Messi bu sovrinni ushbu mavsumda ikkinchi bor qo‘lga kiritmoqda. U bundan avval o‘tgan yili noyabr oyida Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi joriy mavsumda "Barselona" tarkibida 21 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi La liga

Baholaganlar

21

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing