Messi faoliyatini “Barselona”da yakunlamaydi – La Liga prezidenti
Sport
−
07 Sentabr 2023
2265La Liga rahbari Xaver Tebas “Barselona” “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bilan kelishuvga erisha olmaganini aytdi.
Unga ko‘ra, avvalroq ya’ni, 2022/2023 yilgi mavsum yakunida PSJdan AQSHning “Inter Mayami” klubiga o‘tgan argentinalik 36 yoshli futbolchi keyinchalik “Barselona”ga qaytish sharti bilan amerikaliklar taklifini qabul qildi, degan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Messi sport karerasini La Liga klubida yakunlamaydi.
“Messi faoliyatini “Barselona” futbolchisi sifatida yakunlamaydigan bo‘ldi, chunki tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Men Leoni aynan La Ligada tugatishini xohlardim va bu hamma uchun yaxshi bo‘lardi: men, Messi va “Barselona” uchun”, deydi Xaver Tebas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq La Liga prezidenti Xaver Tebas Messining muxlisi ekani va uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini aytgan edi. Shuningdek, u BAAning yirik kompaniyalaridan biri argentinalik hujumchining “Barselona”ga qaytishi uchun sarmoya kiritmoqchiligini ham ma’lum qilgan edi.