Messi faoliyatidagi yubiley golini kiritdi

Sport

image

Bugun, 24 mart kuni Argentina va Panama terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. 89-daqiqada Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘yindagi ikkinchi golni urdi va bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Messining Panama darvozasiga kiritgan to‘pi uning faoliyatidagi 800-goli bo‘ldi. Messi klubdagi faoliyati davomida 701 ta, terma jamoa safida esa 99 marta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasida to‘p surib keladi va u terma jamoaning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqdi. U Qatar mundialining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing