Messi faoliyatidagi 900-golini urdi (video)
Sport
−
19 Mart 2751 1 daqiqa
Bugun, 19 mart kuni Amerikaning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 final javob uchrashuvida “Neshvill”ga qarshi bahsning 7-daqiqasida gol urib, o‘zining faoliyatidagi 900-golini rasmiylashtirdi.
Messi faoliyati davomida jami 900 ta gol urgan. Shundan 672 tasi “Barselona” safida, 32 tasi “Pari Sen-Jermen” tarkibida, 81 tasi Argentina yoshlar va olimpiya jamoalari safida, 115 tasi esa Argentina milliy terma jamoasi safida kiritilgan.
Biroq, Messining ushbu goli jamoasini musobaqadan chiqib ketishdan qutqara olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob teng bo‘ldi, biroq safarda urilgan gol qoidasi sabab “Neshvill” keyingi bosqichga yo‘l oldi. Birinchi o‘yin 0:0 hisobida tugagandi.
Lionel Messi “Barselona” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yildan 2021 yilgacha klubning asosiy jamoasida to‘p surib, “Barselona” bilan 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan, 2022 yilda Argentina bilan Jahon chempionatida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u ikki marta Kopa Amerika g‘olibi bo‘lgan hamda 8 marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.
Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surib kelmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr