Messi effekti: “Inter Mayami” keyingi yil uchun abonementlarini sotib bo‘ldi

Sport

image

Argentinalik to‘p ustasi Lionel Messi to‘p suradigan MLS'ning “Inter Mayami” klubi 2024 yilgi mavsum uchun barcha abonementlarini sotdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, Florida klubining uy arenasi “Drive Pink Stadium” 18 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Abonement va chiptalar narxi o‘tgan mavsum boshiga nisbatan ikki baravar qimmatlashgan bo‘lsa ham barchasi sotib bo‘lindi. “Inter Mayami” abonement narxlarini Messini sotib olganidan so‘ng ko‘p o‘tmay oshirgandi.

2024 yilgi MLS o‘yinlari taqvimi hozircha ma’lum emas. Abonementsiz qolgan muxlislar endi bitta o‘yin uchun chipta sotib olishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2023 yilning yozida “Inter Mayami”ga o‘tib, ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Yangi klubida argentinalik futbolchi AQSH Liga kubogini qo‘lga kiritib, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi: Messi 7 ta o‘yinda 10 ta gol urdi. U MLS'da 6 ta o‘yin o‘tkazib, bir gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made