Messi “Barselona” safida xayrlashuv o‘yinida maydonga tushadi
Sport
−
15:28 1734 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Lionel Messi kataloniyaliklar bilan xayrlashuv o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda klubning sobiq boshqaruv kengashi a’zosi Toni Freysha ma’lum qildi.
“Bir yarim yil ichida “Kamp Nou” stadionida Leo Messi bilan xayrlashuv marosimi o‘tkaziladi. Bu allaqachon tasdiqlangan”, deydi Freysha.
Hozircha Messining xayrlashuv marosimi doirasida “Barselona” safida rasmiy o‘yinda maydonga tushishi yoki faqat tantanali tadbirda ishtirok etishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi “Barselona” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi 2004 yildan 2021 yilgacha klubning asosiy jamoasida to‘p surgan. U kataloniyaliklar safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, jumladan, Ispaniya chempionatida 10 marta va Chempionlar ligasida 4 marta g‘olib bo‘lgan.
2021 yilda klubning moliyaviy muammolari sabab Messi “Barselona”ni tark etgan. 2023 yil yozidan buyon esa u AQSHning “Inter Mayami” klubida o‘ynab kelmoqda. 39 yoshli futbolchining Amerika jamoasi bilan shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Messi Argentina terma jamoasi safida Beninga qarshi xayrlashuv uchrashuvida maydonga tushdi. U o‘yinning 71-daqiqasida gol urib, terma jamoadagi gollari sonini 126 taga yetkazdi. Shuningdek, Messi o‘sha uchrashuvdagi 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Live
Barchasi