Messi “Barselona”ga qaytmaydi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi yaqin orada “Barselona”ga qaytmasligi aniq bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta yaqinda Messining otasi bilan uchrashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Messi yaqin yillarda Kataloniya klubiga qaytmaydi. Hozirda Messiga “Barselona”dan hech qanday taklif yo‘q. 

Shuningdek, La Liga ham “Barselona”dagi moliyaviy muammolar tufayli Messining transferiga qarshilik qiladi. Liganing ustuvor vazifasi “Barselona”ning 200 million dollarlik qarzini kamaytirish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Argentinalik hujumchi 2021 yildan buyon fransuz klubida o‘ynab kelmoqda. Bungacha Messi uzoq vaqt davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing