Messi “Barselona”ga qaytsa qancha maosh oladi?

Sport

image

“Barselona” PSJ hujumchisi Lionel Messiga taklif qilgan shartnoma shartlari ochiqlandi. Agar Messi sobiq klubi bilan kelishuvga erishsa yiliga 10 million yevro maosh oladi. Bu haqda “Le Parisen” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi Messiga homiylik to‘lovlarining bir qismini va uy uchrashuvlari uchun chiptalar sotuvining foizini to‘lashni ham rejalashtirmoqda. Shuningdek, futbolchi nomi yozilgan futbolkalardan tushgan daromad ham Messiga beriladi.

“Barselona” rahbariyati Messini klubga qaytarish ishi bo‘yicha futbolchining agenti bilan aloqada bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi argentinalik hujumchining transferi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini aytdi. Messining PSJ bilan shartnomasi shu yil iyun oyida yakuniga yetadi.

Hozirgi vaqtda “Transfermarkt” portali Messining qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. U joriy mavsum PSJ safida Liga 1 doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Barselona Messi PSJ hujumchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing