Messi “Barselona”da qoladimi?  Klub rahbari aniq javob bera olmadi

Sport

image

"Barselona" direktori Erik Abidalning so‘zlariga ko‘ra, klub hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

“Muzokaralar allaqachon boshlangan. Yaqin kunlarda yangiliklar paydo bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman, chunki qaror o‘yinchiga bog‘liq. Ammo klub bu masalani iloji boricha tezroq yopilishini kutmoqda”, dedi Abidal.

Abidal yarim himoyachi Anssumane Fati bilan olib borilayotgan kelishuv haqida ham ma’lumot berdi.

"Biz uning sheriklari bilan shartnoma masalasini muhokama qilyapmiz. U yosh futbolchi, biz uni himoya qilishimiz kerak. Hamma narsani uning oilasi va agenti bilan muhokama qilishga urinyapmiz”.

Avvalroq, Suares Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini aytgani haqida xabar bergan edik.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Messi

Baholaganlar

107

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing