Messi Argentina terma jamoasiga yordam bera olmaydi

Sport

image

Hujumchi Lionel Messi jarohati sabab Argentina terma jamoasining bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda “TyC Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi hozirda Amerikaning “Inter Mayami” jamoasi tarkibida orttirgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

Argentina terma jamoasi AQSHda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 23 mart kuni argentinaliklar Salvadorga, 26 mart kuni esa Kosta-Rika termasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum “Inter Mayami” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Amerika klubi bilan shartnomasi 2025 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing