Messi Argentina OAVlarini sudga bermoqchi
Sport
−
10:06 6597 1 daqiqa
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi otasi Xorxe Messining dafn marosimi paytida oilasining shaxsiy hayotiga tajovuz qilgan, deb hisoblagan Argentina OAVlariga qarshi sudga murojaat qilmoqchi. Bu haqda argentinalik jurnalist Fran Kasaretto X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, dafn marosimi yopiq tarzda o‘tkazilishiga qaramay, ayrim Argentina OAV vakillari marosimga yashirincha kirib, surat va videolarni tarqatgan. Messi bu holatni oilasining shaxsiy hayotiga tajovuz sifatida qabul qilgan va ushbu OAVlarga nisbatan huquqiy chora ko‘rishni rejalashtirmoqda.
“Messi Xorxe Messini dafn marosimi paytida oilasining shaxsiy hayotini buzgan Argentina ommaviy axborot vositalariga qarshi qonuniy choralar ko‘rishini tasdiqladi”, deb yozgan jurnalist.
Messining otasi bilan vidolashuv marosimi kecha, 9 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Dafn marosimi yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ostida o‘tkazildi. Bir qator manbalar marosimda faqat oila a’zolari ishtirok etganini xabar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 avgust kuni Lionel Messining otasi Xorxe Messi 69 yoshida Argentinaning Rosario shahrida vafot etgandi.
Live
Barchasi