Messi Argentina darvozaboni haqida gapirdi 

Sport

image

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jamoa darvozaboni Emiliano Martinesning o‘yin uslubini yuqori baholadi. 

“Martines – asosiy futbolchimiz. U o‘zini ko‘rsatish talab qilingan paytda har doim shunday qiladi. Martines dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biridir”, deydi Messi.

Ayni damda “Aston Villa” futbolchisi hisoblangan Emiliano Martines faoliyatini “Independente”da boshlagan, 2012-2020 yillar davomida esa “Arsenal” uni turli klublarga ijaraga berib yuborgan.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi JCH-2022 saralash o‘yinida Urugvayni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochdi, bu PSJ futbolchisi uchun terma jamoa libosidagi 80-gol bo‘ldi. 

Shu tariqa, 10-turdan so‘ng 22 ochko jamg‘argan Argentina guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda esa 28 ochko bilan Braziliya termasi bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Jahon chempionati Braziliya Argentina Martines

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing