Messi Amerika kubogi rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogidagi 35-uchrashuvini o‘tkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha turnir rekordchisiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi bu borada chililik darvozabon Serxio Livingstonni (34) ortda qoldirdi. Kanadaliklar bilan o‘yinda Messi golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentina va Kanada terma jamoalari “A” guruhida pley-off yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Keyingi o‘yinda argentinaliklar Chili va Peruga qarshi maydonga tushadi.

Amerika kubogi 15 iyul kuni yakunlanadi. Musobaqada to‘rt guruhga bo‘lingan 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. Har bir kvartetdan ikkita eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Turnirning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Amerika kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made