Messi 2030 yilgi JCHda ishtirok etadimi?
Sport
−
15:56 1196 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni milliy jamoa sardori Lionel Messi yana bir Jahon chempionatida ishtirok etsa, bundan hayratlanmasligini aytdi. Bu haqda Skaloni final oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Bu Messi uchun so‘nggi Jahon chempionatimi? Buni qayerdan bilay? Bu savolni uning o‘ziga berishingiz kerak. Men bu haqda hech narsa bilmayman, chunki u hech qachon hayratlantirishdan to‘xtamaydi. Bu faqat uning o‘ziga bog‘liq. Shunday bo‘lgan taqdirda ham bu meni ajablantirmaydi”, deydi Skaloni.
Messi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan mundialda o‘zining oltinchi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. 2022 yilda argentinaliklar jahon chempioni bo‘lgan, o‘sha musobaqada Messi yettita gol urgan edi.
Joriy chempionatda Argentina finalgacha yetib keldi. 39 yoshli Messi sakkizta gol bilan turnir to‘purarlari poygasida peshqadam bo‘lib turibdi.
“39 yoshida Jahon chempionati finaliga chiqish — aql bovar qilmas natija. Shuning uchun ham men bu lahzalardan zavqlanishimiz, uning qilayotgan ishlarini qadrlashimiz kerakligini aytganman. U haqiqiy tarix va afsona. Shuningdek, bizni bu ajoyib kunlarga olib kelgan butun jamoa ham shunday e’tirofga loyiq”, deya qo‘shimcha qilgan murabbiy.
Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi ertaga, 19 iyul kuni Nyu-Jersi shahrida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi