Meros qayg‘usi: Donald va Melaniya Tramp o‘rtasidagi nikoh shartnomasi o‘zgardi

Olam

image

Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘i, AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning kelasi yili bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan prezidentlik saylovlaridagi ehtimoliy g‘alabasi fonida u bilan nikoh shartnomasi shartlarini o‘zgartirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, so‘nggi bir yil ichida Tramp xonim o‘z jamoasi bilan yangi "nikohdan keyingi" shartnomani imzolash bo‘yicha yopiq muzokaralar olib borgan. Ushbu hujjatni qayta ko‘rib chiqish sobiq prezident va Melaniya Trampning oilaviy hayoti boshlanganidan beri uchinchi marta sodir bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Melaniya o‘g‘li Berron uchun mulkni saqlab qolish va ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Jumladan, yangi shartnomadagi tegishli bandlar er-xotinning puli va mulkini ham qamrab oladi. 

Oq uy sobiq egasining pullari miqdori uncha-munchada ochiqlanmasa-da, anchagina boylikka egaligi ko‘pchilikka ma’lum. Shu bois so‘nggi paytlarda Tramp atrofida sodir bo‘layotgan voqealar xotinini ajrimdan so‘ng o‘zi va o‘g‘lining kelajagi haqida o‘ylashga majbur qilgan. 

Ma’lumot uchun, juftlikning yoshi o‘rtasidagi 24 yillik tafovutga qaramay, juftlikning munosabatlari boshlanganiga qariyb 20 yil bo‘ldi. O‘sha paytdagi oddiy milliarder Donald Tramp va mashhur model Melaniya Knavsning unashtiruv marosimi 2004 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Tramp bo‘lajak rafiqasiga 1,5 million dollar qiymatga ega 15 karatli uzuk sovg‘a qilgan. To‘y marosimi esa 2005 yilda o‘tkazilgan. Eng yaxshi Dior tikuvchilari Melaniyaning 27 kilogramm kelinlik libosini tikish uchun 550 soat vaqt sarflagan. To‘y uchun maxsus tayyorlangan bir yarim metr balandlikdagi tortni esa mehmonlar yeb bitira olmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Trampning siyosat olamidagi raqobatchisi Jo Bayden so‘nggi vaqtlarda yoshi va xatti-harakatlari bilan tarafdorlarini yo‘qotib bormoqda. Bu esa uning saylovdagi asosiy raqibi Tramp uchun g‘alaba imkoniyatini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Melaniya Tramp Meros nikoh shartnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing