Merkel yana Rossiya va Ukraina o‘rtasiga tushishi mumkin

Olam

image

Germaniyaning sobiq  kansleri Angela Merkel Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda vositachilikka nomzod bo‘lishi mumkin. Bu haqda Vermont xalqaro maktabi professori Bryus Deyton “The Hill” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Professorning fikricha, G‘arb Merkelni vositachi sifatida ko‘rishi kerak, chunki u avvalroq Putin bilan muloqot qilish tajribasiga ega edi. Bundan tashqari, sobiq kanslerning Germaniyaning amaldagi hukumati bilan bevosita aloqasi yo‘q.

"Ba’zida mojaroni hal qilish uchun ushbu ishonchli xonimning aralashuvi kerak bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilgan Dayton.

Ekspertning qayd etishicha, G‘arb davlatlari Moskva bilan norasmiy muzokaralar tashkil etish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak. Uning fikricha, shu yo‘l bilan rasmiy muzokaralarni boshlash uchun til topishish mumkin.

Shuningdek, professor AQSH Prezidenti Jo Baydenning pozitsiyasini muvaffaqiyatsiz deb atadi. Deytonning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada tinchlik o‘rnatish uchun G‘arb uchinchi tomondan yordam so‘rashi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha vositachilik qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Rossiya ham bir necha bor Ukraina bilan muzokaralarga ochiqligini aytgan. Biroq, Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, Ukraina rasmiylari muzokaralarni "mutlaqo inkor etmoqda". Kreml vakili Kiyev siyosiy iroda ko‘rsatmayotgani va Moskva bilan muloqotga kirishmayotganiga e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Yaqin Sharqdagi mojaroda “halol vositachi” rolini o‘ynamoqchi ekanligi haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Angela Merkel' Bryus Deyton The Hill

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing