Merkel Navalniyni ozod etishni talab qildi

Jamiyat

image

Germaniya kansleri Angela Merkel Moskvada 30 kun hibsga mahkum qilingan Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyni ozod qilishga chaqirdi. Kanslerning nutqi “Die Welt” tomonidan taqdim etilgan.

“Men Navalniyni zudlik bilan ozod qilishga chaqiraman”, deydi Merkel.

Avvalroq bir qator xorijiy siyosatchilar Navalniyning ozod qilinishini talab qildi, jumladan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas, AQSH Prezidenti Jo Baydenning maslahatchisi Jeyk Sallivan, Yevropa Kengashi rahbari Charlz Mishel, Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetski va Boltiqbo‘yi davlatlari tashqi ishlar vazirliklari ham Navalniyning qo‘yib yuborilishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytishi bilan hibsga olindi.

Keyinchalik, Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatsi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqardi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing