Merkel murosa yo‘lini izlayapti, Rossiya nima derkan?
Olam
−
03 Oktabr 2019
4622Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni olib tashlash uchun hech qanday shartlar mavjud emas, ammo "Normand to‘rtligi" sammiti uchun shartlar mavjud. Bu haqda kecha, 2 oktyabr kuni Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel Niderlandiya Bosh vaziri Mark Rutte bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda TASS.
"Biz olg‘a siljishga erishdik, ammo yana ko‘p qadamlarni qo‘yish kerak, dedi u. "Shuning uchun hozir sanksiyalarni olib tashlay olmaymiz, deb aytishimiz mumkin, ammo davlat va Hukumat rahbarlari darajasida uchrashuvni o‘tkazish uchun tomonlarda zarur sharoitlar mavjud", dedi Angela Merkel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit Parijda bo‘lib o‘tadi. "Biz sanani aniqlaymiz", dedi Germaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Germaniya Hukumati ilgari Shtaynmayer formulasini mamnuniyat bilan qabul qilgan edi. Berlin buni "Minsk kelishuvlarini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam" deb biladi.
O‘tgan haftada Donbasdagi nizoni hal qilish bo‘yicha aloqa guruhining yig‘ilishidan so‘ng, Rossiya yelchisi Boris Grizlov barcha ishtirokchilar "Shtaynmayer formulasi"ni Ukraina qonunchiligida belgilashga kelishib olganini va "ba’zi davlatlarning alohida maqomi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish tartibi"ni ta’kidlagan.
Jumladan Donetsk va Lugansk viloyatlarining hududlarini ham. "Radadagi Zelenskiyning muxoliflari Prezident va Hukumatdan "Shtaynmayer formulasini" qabul qilish to‘g‘risidagi qaror va uning mazmunini aniqlashtirishni talab qildi.
LiveBarchasi