Merkel davri rasman tugadi. Germaniyaga yangi kansler saylandi

Olam

image

Germaniya parlamenti Bundestag sotsial-demokrat Olaf Shols nomzodini mamlakatning yangi kansleri etib tasdiqladi. Parlament majlisi N24 telekanali orqali namoyish etildi.

Germaniya hukumati rahbari yashirin ovoz berish yo‘li bilan munozaralarsiz saylanadi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzod mutlaq ko‘pchilik ovoz olishi kerak, hozirgi Bundestagda 736 deputatdan kamida 369 nafari degani.

Jarayon boshlanishini Bundestag prezidenti Barbel Bax e’lon qildi. Mamlakat Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bo‘lajak hukumat rahbari nomzodini rasman parlamentga taqdim etdi.

Shols 395 ta ovoz oldi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, Germaniya siyosatini hukumat boshlig‘i belgilaydi. Endilikda u hukumati tarkibini tuzadi.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyada 16 yil deganda ilk bor kansler o‘zgardi. 2005 yildan buyon mamlakatni Angela Merkel boshqarib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya kantsler Olaf Shol'ts

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing