Mercedes Trampning uslubini takrorlamoqda
Olam
−
26 mart
6029Germaniyaning Mercedes avtomobil ishlab chiqaruvchisi xodimlarga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shash uchun katta miqdorda pul taklif qilmoqda. Bu haqda “t-online” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bo‘lim rahbari kompaniyani tark etishga rozi bo‘lsa, 500 ming yevrogacha, menejer 300 ming yevro, uncha katta bo‘lmagan stajga ega oddiy xodim esa 100 ming yevro olishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, inqiroz tufayli Mercedes Germaniyada bir necha ming ish o‘rnini qisqartirmoqchi.
“Kompaniya xodimlarni majburiy ravishda ishdan bo‘shata olmaydi – kasaba uyushmasi bilan 2034 yilgacha amal qiladigan shartnoma bunga yo‘l qo‘ymaydi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “ishdan bo‘shatish nafaqalari” dasturi bir yilga mo‘ljallangan, ammo eng katta miqdorni 31 iyulgacha ishdan bo‘shaganlar oladi, keyin to‘lovlar kamayadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin orada 30 mingga yaqin xodim jozibador taklifga ega bo‘ladi. Kompaniya saqlab qolmoqchi bo‘lgan eng qimmatli xodimlarga dastur ta’sir qilmaydi, ularga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shatilganda hech narsa to‘lanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati federal hukumat xodimlariga ish haqini shu yilning sentyabr oyi oxirigacha, ya’ni sakkiz oygacha to‘lash evaziga iste’foga chiqishni taklif qilgandi.
LiveBarchasi