Mening katta akam – Chimayev Ramzan Qodirov haqida

Sport

image

Shvetsiyalik UFC jangchisi Hamzat Chimayev (10-0) o‘zining Instagram sahifasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov haqida fikr bildirdi.

“Mening katta akam”, deya yozgan Chimayev.

Eslatib o‘tamiz, Chimayev o‘zining so‘nggi jangini UFC 267 doirasida o‘tkazgan va unda Xitoy vakili Li Jinliangni birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasidayoq bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Avvalroq Hamzat Chimayev yangi post joylashtirgan va unda yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usman (20-1) bilan jangga sha’ma qilgan edi. 

Bundan tashqari, eng yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni, amerikalik Genri Cyexudo Chimayevni faqatgina Kamaru mag‘lub etishi mumkinligi haqida fikr bildirgan va Xamzat bilan kurashish uchun boshqa hech kimda imkoniyat yo‘qligini ta’kidlagan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramzan Qodirov Chimaev

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing