Mendan o‘rnak olmanglar – Shesni 

Sport

image

Polsha terma jamoasi va “Barselona” klubi darvozaboni Voysex Shesni chekish bilan kurashda mag‘lub bo‘lganini aytib, boshqalarni undan o‘rnak olmaslikka chaqirdi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

“Chekish haqida gap ketganda, iltimos, menga ergashmang va bu ishni aslo qila ko‘rmang. Men bu kurashda yutqazdim. Menga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bu narsa menga juda yosh paytimda odat bo‘lib qolgan. Zamonaviy futbolchilar uchun chekish yoki ichish haqida ochiqchasiga gapirish odatiy hol emas. Biroq men bu borada rostgo‘yman, chunki men siyosatchi emasman. Men shunchaki darvozabonman. To‘pni ushlashim va tepishim kerak, xolos”, deydi Shensni.

Qayd etilishicha, 35 yoshli Shesni mavsum boshida faoliyatini qayta tiklaganidan keyin “Barselona”ning asosiy posboniga aylandi. Darvozabon o‘zining yomon odati borligini ochiqchasiga tan olishini inobatga olgan holda, muxlislar Kataloniya jamoasining o‘yinlarida muntazam ravishda “Shensni kashanda”, deb hayqirishadi.

Ma’lumot o‘rnida, darvozabon o‘tgan yilning oktyabr oyida asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning jarohatidan so‘ng “Barsa” safiga kelib qo‘shilgan. Polshalik posbon 2025 yil boshida asosiy jamoadan joy oldi va klubning timsoliga aylandi. Kataloniyaliklar 25 o‘yinda bor-yo‘g‘i bir marta, shu ham bo‘lsa, Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinida Dortmundning “Borussiya”siga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Voytsex Shensni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing