Mendan kuchliroq futbolchini ko‘rsam, faoliyatimni yakunlayman – Ibragimovich

Sport

image

Shvetsiya terma jamoasi va Italiyaning “Milan” klubi futbolchisi Zlatan Ibragimovich o‘zidan kuchliroq futbolchini ko‘rsa, faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. U bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Agarda, mendan kuchliroq futbolchini ko‘rsam, faoliyatimni yakunlayman. Ammo men bunday futbolchini hali ko‘rmaganman...”, degan 40 yoshli futbolchi.

Ibragimovich Italiya chempionligi uchun kurash haqida ham gapirib, “Milan” o‘tgan yildagidan ham kuchliroq bo‘lganini va zaxira o‘rindig‘i kengayganini aytgan.

“Ha, biz o‘tgan yildagidan ham kuchliroq bo‘ldik. Umuman olganda, biz yaxshiroq jamoaga aylandik. Chempionat yakunlanganidan keyin yozgi transfer oynasida tarkibimiz yanada mustahkamlandi. Endi zaxira o‘rindig‘imizda ko‘proq imkoniyatlar bor. Menga “Milan” yoqadimi? Ha, bu aniq. Agar menga yoqmasa, men bu yerda bo‘lmasdim”, degan Zlatan. 

Shuningdek, shvetsiyalik hujumchi “Milan”ga yangi qo‘shilgan Sharl De Ketelareni yuqori darajali futbolchi deb atagan.

“De Ketelare yuqori darajali futbolchi. Men shunday deb hisoblayman. Unga katta bo‘lishi uchun biroz vaqt berish kerak”, degan Ibragimovich.

Ma’lumot uchun, may oyi oxirida “Milan”ning 40 yoshli hujumchisi tizzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan edi. Shu sababli Zlatan Ibragimovich yana kamida 3-4 oyni maydondan tashqarida o‘tkazib yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

Zlatan Ibragimovich “Milan”

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing