Men uylanadigan ayol ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lmaydi – Mane

Sport

image

Senegal milliy terma jamoasi va “Leverpul” klubi futbolchisi Sadio Mane ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochgan qizga uylanmasligini aytdi. U bu haqda jurnalist Frenk Xolid bilan suhbatda aytib o‘tgan.

“Ko‘p qizlar menga ijtimoiy tarmoqlardan xat yozishadi va mendan nega haligacha uylanmaganimni so‘rashadi. Lekin kechirasiz, balki vaqtingizni behuda sarflayotgandirsiz. Sababi men turmush quradigan ayol ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lmaydi. Men Allohni chin dildan sevadigan va ibodat qiladigan qizga uylanmoqchiman”, degan “Liverpul”ning 30 yoshli futbolchisi.

Avvalroq, Manening agenti mijozining “Liverpul”ni tark etib, “Bavariya”ga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Bunda oldin, senegalliklarning 70 foizga yaqini Sadioning “qizillar” safini tark etishini istashi ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Mane 2016 yilda "Sautgempton"dan 41,2 million yevro evaziga “Liverpul” futbolchisiga aylangandi. Senegallik hujumchi o‘shandan beri “qizillar” safida 269 o‘yinda maydonga tushib, 120 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sadioning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing