Mane senegallik muxlislarning istagini amalga oshirmoqchi
Sport
−
04 iyun 2022
3309Onlayn o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, senegalliklarning 70 foizi Sadio Menening “Liverpul”dan ketishini istashadi. Bu haqda “Liverpool Echo” nashri xabar berdi.
Ushbu so‘rovnoma natijalaridan xabar topgan Mane “qizillar” safini tark etishi mumkinligiga shama qilgan.
“Men ular (senegallik muxlislar) xohlagan narsani qilaman. Tez orada hammasini bilib olamiz ”, degan “Liverpul”ning afrikalik hujumchisi.
Avvalroq, futbolchi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Myunxen klubi Manega yiliga taxminan 20 million yevro maoshni o‘z ichiga olgan shartnoma taklif qilishga tayyor. Ayni paytda Mane "Liverpul"da soliqlardan tashqari yiliga 5,5 million yevro ishlab topadi.
Ma’lumot o‘rnida, Mane 2016 yilda “Sautgempton”dan 41,2 million yevro evaziga “Liverpul”ga o‘tgan edi. O‘shandan beri senegallik hujumchi “qizillar” safida 269 ta o‘yinda maydonga tushib, 120 ta gol urdi va 48 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sadioning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2022-2023 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi