Men uchun O‘zbekiston Superligasi Osiyo chempionatidan ham muhimroq – Diyor Imomxo‘jayev
Sport
−
25 fevral 2023
7636Avval xabar berganimidek, bugun, 25 fevral kuni “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida O‘zbekiston Professional futbol ligasining moliyaviy hisobot majlisi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jayev o‘tgan yil bo‘yicha moliyaviy hisobot topshirish barobarida, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarning chempionat o‘yinlariga ta’siri haqida to‘xtalib o‘tdi.
Imomxo‘jayev O‘zbekiston chempionatini hurmat qilish boshlansa, mamlakatda futbol o‘sishi yanada tezlashishini ta’kidladi.
“Men uchun O‘zbekiston Superligasi Osiyo chempionatidan ham muhimroq. 2024 yilda O‘zbekiston Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shungacha bo‘lgan davrda maydonlarimiz, klublarimiz va liga o‘ziga kelib olgunicha boshqa xalqaro turnirlarni o‘zmizda o‘tkazmasak yaxshi bo‘lardi. Hech qanday yirik turnirga yo‘llanma bermaydigan Osiyo chempionati yurtimizda o‘tkazildi. Biz o‘sha turnir uchun O‘zbekiston chempionatini to‘xtatib turdik. Superligani qachon hurmat qilishni o‘rganamiz?", deydi Imomxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zPFL 2022 yilda qilgan xarajat va daromadlar haqida ma’lumot bergandi. Moliyaviy hisobot majlisi davomida liga tomonidan qo‘l urilgan barcha sarf-xarajatlar ochiqlandi.
LiveBarchasi