“Men uchun pul muhim emas”. Xalokov finaldan so‘ng nimalar dedi?
Sport
−
15 may 2023
5697Toshkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi. -57 kg vaznda O‘zbekiston vakili Abdumalik Xalokov finalda kubalik Saidel Xortani mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi. Jang yakunlangach, Xalokov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu kunni juda uzoq kutdim. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Murabbiylarim men bilan qattiq ish olib bordi, chunki so‘nggi paytlarda ruhan sinib qolayotgandim. O‘sha vaqtlarda murabbiyim Davron aka men bilan psixologik tomondan ishlay boshladi. Janglarim oson o‘tdi. Men uchun pul muhim emas, bu yerda O‘zbekiston sha’ni turibdi. Hammani oldida yuzim yorug‘ bo‘lganiga shukr qilaman”, deydi Xalokov.
Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschi raqibi kubalik Saidel Xorta haqida ham fikr bildirdi.
“Raqibim bilan ikki marta sparing o‘tkazdim. Ikkita sparingda ham murabbiyim topshirig‘iga binoan, unga bor kuchimni ko‘rsatmadim. Murabbiyim bergan vazifa bajarildi”, deb qo‘shimcha qildi jahon chempioni.
Ma’lumot uchun, Abdumalik Xalokov 2021 yilda Serbiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. U 2022 yilda Amman shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida ham g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi